AsosiyJinoyat

Surxondaryoda yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi, qurbonlar bor

'Surxondaryoda yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi, qurbonlar bor'ning rasmi

2020 yil 15 aprel kuni soat 22:30 da 4-R 102 avtomobil yo`lining Surxondaryo viloyati Angor tumani “Ilg`or” mahallasi hududidan o`tuvchi 16 km.da, 22 yoshli J.T., o`zining boshqaruvida bo`lgan “ISUZU” rusumli avtomashinasini Jarqo`rg`on-Angor yo`nalishi bo`yicha boshqarib kelayotib, o`ziga qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan 20 yoshli J.A., boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinaning yo`liga chiqib ketib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi J.A., tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar