AsosiyJamiyat

Pensionerlar uchun bankomatlardan pul echishda komissiya to`lovini boshqa banklar ham olib tashlashadimi?

'Pensionerlar uchun bankomatlardan pul echishda komissiya to`lovini boshqa banklar ham olib tashlashadimi?'ning rasmi

Xabaringiz bor, Xalq banki pensionerlar uchun bankomatlardan pul echishda komissiya to`lovi olinmasligini aytgan edi.  Fuqarlar bu borada boshqa banklar ham pensionerlardan komissiya to`lovini undirmaslikni yo`lga qo`shi bilan qiziqishmoqda.  Ko`pchilik pensionerlar aynan shuning uchun ham plastik kartaga o`tishni istamayaptyotganligini bildirishgan. 

 

Markaziy bank O`zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to`g`risida"gi Qonunining 62-moddasiga ko`ra, bank operasiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanishini aytmoqda.

 

Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasi tavsiyalaridan kelib chiqib, mamlakatda pensiya to`lovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali to`lash tizimiga o`tkazilishi munosabati bilan:

 

🔹Xalq banki xodimlari tomonidan navbatdagi pensiya to`lovlarini tarqatish jarayonida karta egasining xohishiga ko`ra, kartadagi mablag`lar to`lov terminallari orqali naqdlashtirib berilishi mumkin;

 

🔹hozirgi kunda 1000 dan ortiq Xalq bankining bankomatlari orqali pensionerlarning bank kartalaridan naqd pul olishda hech qanday vositachilik haqi undirilmaydi;

 

🔹Xalq banki tomonidan bosqichma-bosqich barcha mahalla fuqarolar yig`inlari binolari oldida bankomatlarni joylashtirish ishlari tizimli ravishda tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, Xalq banki bankomatlaridan mablag`larni naqdlashtirishni bepul amalga oshirish mumkin bo`lsa-da, salomatlik nuqtai nazaridan, ayniqsa, bugungi karantin sharoitida to`lovlarni bank kartalari orqali amalga oshirish tavsiya etiladi.

 

Shu o`rinda, naqd pulsiz to`lovlarni amalga oshirish uchun respublikaning barcha hududlarida tegishli to`lov infratuzilmasi mavjudligi qayd etilmoqda, Markaziy bank xabarida

    Boshqa yangiliklar