AsosiyJinoyat

Bag`dod tumanida uyida fohishaxona ochgan shaxs ushlandi

'Bag`dod tumanida uyida fohishaxona ochgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Bag`dod tumani. 15 aprel kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida tuman markazida karantin paytida faoliyat olib borayotgan fohishaxona aniqlandi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Bu o`ziga xos "biznes" markazining egasi Bag`dod tumanida yashovchi X.D. bo`lib, yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilgan. U o`z uyida B.N. va A.Ch.larning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib. Bu xizmati uchun 100.000 so`m olgan vaqtda ushlangan

Mazkur holat yuzasidan Bag`dod tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

"Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin", deyiladi IIV xabarida.

Boshqa yangiliklar