AsosiyJamiyat

IIV: Karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun ularni jarima maydonchasiga joylashtirish qonuniy!

'IIV: Karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun ularni jarima maydonchasiga joylashtirish qonuniy!'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi ayrim tushunmovchiliklarga izoh berdi: Karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun ularni jarima maydonchasiga joylashtirish qonuniy! 

Maxsus komissiyaning 2020 yil 4 apreldagi qaroriga muvofiq, avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnoma (stiker)siz harakatlanishiga yo`l qo`yilganda, ichki ishlar organlari yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirish yo`li bilan ushlab turilishi belgilangan.

Ayrim fuqarolar va ekspertlar maxsus ruxsatnoma (stiker)siz harakatlanish bilan bog`liq masalalar — yo`l harakati qoidalari doirasidagi huquqbuzarlik, deb NOTO`G`RI fikr yuritishyapti.

Ushbu holat yo`l harakati emas, balki qarantin qoidalarini buzish deb malakalanadi. Karantin cheklovlarini buzgan shaxslar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi qodeksning 54-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Karantin qoidalarini buzuvchi shaxslar tomonidan, jumladan tegishli huquqi mavjud bo`lmagan taqdirda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlikni davom ettirilishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida, mazkur avtotransport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirish yo`li bilan ushlab turiladi.

Maxsus komissiyaning o`z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo`ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Boshqa yangiliklar