AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalingan oltinchi bemor vafot etdi

'Koronavirusga chalingan oltinchi bemor vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan yana bir bemor yurak-qon tomir etishmovchiligidan vafot edi. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Shu yilning 14  aprel kuni Namangang shahrida yashovchi Sh. yurak ishemik kasalligi,  gipertoniya ikkinchi  darajasi, aterosklerotik kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya va  o`tkir nafas etishmovchiligi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining  reanimasiya bo`limiga yotqizilgan edi.

Zudlik bilan o`tkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan so`ng bemorda  “Covid-19” koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan. 73 yoshli (erkak) ushbu bemorning shu kungacha  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari  nazoratida bo`lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar  o`tkazib kelingan.

Biroq kardiolog, virusolog, pulmonolog, terapevt, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida  o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar