AsosiyJamiyat

Namanganda koronavirusga chalingan 54 yoshli ayol vafot etdi

'Namanganda koronavirusga chalingan 54 yoshli ayol vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 14 aprel kuni Namangan shahrida yashovchi G. og`ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasida unda koronavirus infeksiyasi borligi tasdiqlangan. 54 yoshli ushbu bemor (ayol) oldin ham gipertoniya va qandli diabet tashxisi bilan surunkali kasallanib kelgan. Ushbu kasalliklari hisobiga  u 17 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklari shifoxonasining reanimasiya bo`limiga olingan.

 

Bemorning shu kungacha  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi mazkur sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassis shifokorlari nazoratida bo`lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar  o`tkazib kelingan.

 

Biroq mutaxassislarning  belgilangan standartlar asosida  o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar