Ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 716 nafarni tashkil qilmoqda.
O`tgan ikki kun ichida jami 189 nafar bemor butkul sog`aydi. Jami sog`ayganlar soni 450 nafarga etdi. Ular orasida 2020 yilda tug`ilgan chaqaloq ham bor.
Shuningdek, kecha, ettinchi qurbon qayd etildi. Namangan shahrida yashagan 54 yoshli ayol 14 aprel kuni og`ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, tekshiruvlardan so`ng unda koronavirus aniqlangan.
IIV karantin tadbirlari e`lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo`yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog`liq jami – 89 521 ta holat aniqlandi. Toshkent va Farg`ona etakchilik qilmoqda.
Koronavirusdan vafot etganlar shahid maqomida bo`lishlari ma`lum qilindi.
Karantin munosabati bilan NNTlarga engilliklar berildi.
Bepul stiker berilishi mumkin bo`lgan yirik soliq to`lovchilar toifasiga kimlar kirishi ma`lum qilindi
Koronavirus aniqlanmagan hududlarda sanoat korxonalari ochildi .
Talabalarga 24 soat davomida xabar qoldirish imkonini beruvchi maxsus bot ishga tushirildi.
Poytaxtda IIBB badiiy jamoasi karantinda o`tirgan aholi kayfiyatini ko`tarish maqsadida hovlilarga borib qo`shiq aytishdi (video).
Toshkentda karantin boshlanganidan buyon borishi kerak bo`lgan joyiga borolmayotganlar IIB xodimlari tomonidan manziliga etkazib qo`yilmoqda.






