“O`ZBEKKINO”: Ustuvor rejalar bo`yicha e`lon qilingan tanlovga 154 ta kinoloyiha topshirildi

Madaniyat 23.04.2020, 13:53
“O`ZBEKKINO”: Ustuvor rejalar bo`yicha e`lon qilingan tanlovga 154 ta  kinoloyiha topshirildi

“O`zbekkino” Milliy agentligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanadarivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3176-son Qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil  24 iyuldagi “Milliy kinoindustriyani  rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan 2020 yilda  30 ta badiiy, 60 qismdan iborat 30 ta hujjatli, 30 ta multiplikasion, 10 soatli qisqa metrajli va bitta yumoristik kinojurnal ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

   Mazkurreja bo`yicha Agentlik 2020 yilning 10 fevralida iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, san`at, fan, ta`lim hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, shuningdek, aholining real ehtiyojidan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy granti asosida milliy filmlar ishlab chiqarish uchun ustuvor mavzular ro`yxatini e`lon qilgan edi.E`lon matni “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasi, shuningdek, “O`zbekkino” Milliy agentligining rasmiy veb-sahifasida va boshqa saytlarda  chop etildi. Mazkur e`londa  badiiy filmlar uchun tarixiy yo`nalishda  9 ta, zamonaviy yo`nalishda 23 ta, hujjatli filmlar uchun  31 ta mavzu bo`yicha  tanlov o`tkazilishi belgilangan.  Tanlovda multiplakasion va qisqa metrajli filmlar uchun aniq mavzu va yo`nalishlar ko`rsatilmagan. 

2020 yilning 10 mart holatiga ko`ra, jami 147 ta ssenariy topshirilgan. Mazkur ssenariylarning 59 tasi badiiy, 27 tasi hujjatli, 23 tasi multiplakasion, 34  tasi qisqa metrajli filmlar, 3 tasi serial,  bittasi kinojurnal  (52 ta son) ssenariylaridir. 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 avgustdagi 695-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizomning 17-bandiga ko`ra, tanlov hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir film (kinomahsulot) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko`rib chiqilishini e`lon qilishi mumkin va tanlov natijalariga ko`ra har bir lot bo`yicha faqat bitta g`olib ishtirokchi aniqlanishi lozim.

Tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan yoki birorta ishtirokchi qatnashmagan taqdirda tanlov o`tkazilmagan deb topiladi. Bunday holatda davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini ayni o`sha shartlarda hamda film (kinomahsulot)ga doir ayni o`sha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshiradi.

Joriy yilda mazkur tanlovda jumladan “Imom al-Buxoriy hayot yo`li” mavzusida 3 ta, “Sohibqiron Amir Temur” mavzusida 2 ta, Ikkinchi jahon urushi davrida frontda va front ortida qahramonlik namunalarini namoyish etgan yurtimiz vakillarining jasorati haqida 6 ta, O`qituvchining jamiyatdagi o`rni, mashaqqatli mehnati, uning obro`-e`tiborini yuksaltirishga qaratilgan 4 ta, o`zbek olimining hayoti misolida olimlarning mashaqqatli faoliyati  haqida 2 ta, davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining faoliyati haqida 4 ta, huquq-tartibot va adliya organlari xodimlarining kuchli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat qurishda qonun ustuvorligini ta`minlash yo`lidagi faoliyatini yorituvchi 2 ta, o`zbek oilasidagi o`ziga xos qadriyatlar, ota-onalar va farzandlar o`rtasidagi muammolar, yosh oilalarda tez-tez uchrab turadigan kelishmovchiliklarning sabab va oqibatlari to`g`risida 3 ta, bolalar va o`spirinlarning jo`shqin va beg`ubor olamini yoritib beruvchi 5 ta, qishloq xo`jaligi sohasida mehnat qilib, aholining farovonligiga munosib hissa qo`shib kelayotgan fermer zamondoshlarimiz haqida 3 ta, harbiylar va harbiy uchuvchilarning hayoti haqida 4 ta, yurtimizda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar harakati haqida 2 ta, sarguzasht badiiy filmlar uchun 2 ta, komediya janrida suratga olinadigan badiiy filmlar uchun 2 ta, yurtimizdagi moddiy madaniy meros ob`ektlari haqida hikoya qiluvchi 3 ta ssenariy qabul qilingan.

Qolgan mavzu va yo`nalishlar bo`yicha bittadan ssenariy qabul qilingan yoki umuman ushbu mavzular bo`yicha ssenariylar kelib tushmagan. Shu bois, 20 mart kunidan e`tiboran bittadan ortiq ssenariy topshirilmaganmavzular bo`yicha “O`zbekkino” Milliy agentligi veb-saytida takroriy tanlov e`lon qilindi. Mazkur yo`nalishlar bo`yicha 21 aprelga qadar qo`shimcha ssenariylar topshirilishi kerak edi. Hozirga qadar qo`shimcha yana beshta ssenariy kelib tushgan. Takroriy  tanlovda ssenariylarnin kam topshirilishiga yurtimizda yuzaga kelgan pandemik vaziyat hamda karantin choralari ham jiddiy  ta`sir ko`rsatgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1