AsosiyJamiyat

Sakkizinchi o`lim: Angrenda koronavirusga chalingan ayol vafot etdi

'Sakkizinchi o`lim: Angrenda koronavirusga chalingan ayol vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 19 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o`ta og`ir ahvolda yotqizilgan va sun`iy nafas olish apparatiga ham olingan. Tezkor diagnostik tahlillardan so`ng bemorda “Covid-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shundan so`ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining  ko`p tarmoqli tibbiyot klinikasiga o`tkazilgan. Bemorda o`pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o`tkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinchi bosqich, xavf 4, semizlikning 3 darajasi bo`lganligi sababli kasallik og`ir kechib, davolanish davomida hamisha sun`iy nafas olish apparatida bo`lgan.

Bemorning shu kungacha kunlik ahvoli mamlakatimizdagishu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari  nazoratida bo`lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar  o`tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarimizning belgilangan standartlar asosida o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir respirator distress sindromi, o`tkir nafas, o`pka-yurak va poliorgan etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar