BMT bosh kotibi Trampning G‘azo sektori bo‘yicha rejasiga munosabat bildirdi. Bu haqda "The Guardian" xabar qilmoqda.
Antonio Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, odamlarni G‘azodan majburan ko‘chirish xalqaro huquqqa ziddir. Inson huquqlari himoyachilari etnik tozalash kabi g‘oyalarni qoralaydi.
"Biz muammoga yechimga erishish yo‘llarini izlashda vaziyatni yanada og‘irlashtirmasligimiz kerak. Xalqaro huquq asoslariga sodiq qolish muhim. Etnik tozalashning har qanday shakliga yo‘l qo‘ymasligimiz shart. Shuningdek, “ikki xalq - ikki davlat” g‘oyasi bo‘yicha pozitsiyamizni yana bir bor tasdiqlayman", — dedi Guterrish BMT majlisida.
Eslatib o‘tamiz, sal avval Tramp G‘azodan odamlarni ko‘chirish, hududni tozalash va u yerda AQSH nazoratini o‘rnatishini ma’lum qilgan edi.