Pandemiya davrida Belgiyada kartoshkani qayta ishlovchi korxonalar restoran va tamaddixonalarning yopilishi natijasida kasodga uchramoqda.
Hozirgi vaqtda mamlakatda qayta ishlash uchun 750 ming tonna kartoshka zaxirasi mavjud, ammo butun hosil yo`qolish xavfi ostida, fri kartoshkalari sotilishi umumiy ovqatlanish muassasalarining yopilishi tufayli pasayib ketgan. Muzlatkichli sig`imlar kartoshkalar bilan to`lib toshgan.
Belgiyalik ishbilarmonlar yuzaga kelgan muammoni hal qilish yo`llarini izlamoqda. Mamlakat kartoshka ishlab chiqaruvchilari uyushmasi rahbari Romen Kulsga ko`ra, xaridorlarni ko`proq kartoshka fri iste`mol qilishga chaqirilgan reklama tadbirlarini amalga oshirish uchun turli darajadagi oziq-ovqat do`konlari bilan muzokara olib borishmoqda.