1

"Mashhur" Asalhoneyni urib, tanasini skotchlab ketishganda uni ichki ishlar xodimlari qutqardi

Jinoyat 08.05.2020, 11:40
"Mashhur" Asalhoneyni urib, tanasini skotchlab ketishganda uni ichki ishlar xodimlari qutqardi

Internetda mashhur bo`lgan Asalhoney nomi bilan tanilgan fuqaroni tunab ketishdi. Bu haqda IIV xabar bermoqda. 

Yozilishicha, 5 may kuni soat 20:15 larda Mirzo Ulug`bek tumani, 2-sonli IIBning navbatchilik qismiga fuqaro D.P. murojaat qilib, Mirzo Ulug`bek tumani, S-1 mavzesida yashovchi A.X. xonadonidan shubhali shovqin-suronli ovozlar eshitilayotganligi haqida xabar bergan.

Yuqoridagi holat yuzasidan zudlik bilan voqea joyiga etib borgan Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalon, 1-otryadi xodimlari safdorlar Sh.Toxirov va S.Komolovlar jabrlangan fuqaro yashovchi uyning kirish-chiqish yo`lagidan yugurib chiqib, xodimlarni ko`rib voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan shaxsni ushlaganlar.

Tuman 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo`limida uning shaxsiga oydinlik kiritilganda, u Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Peshqadam ko`chasida yashovchi Ya.A. ekanligi hamda muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

Xodimlar yuqorida ko`rsatilgan manzil bo`yicha uyga kirishganda, u erda yashovchi X.M. (internetda Asalhoney nomi bilan tanilgan ayolning haqiqiy ism-sharifi bosh harflari) og`zi, qo`li va oyoqlari skotch bilan bog`langan holda tanasi va yuzidagi turli jarohatlar bilan topilgan va birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.

«Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deya yoziladi xabarda. Fuqaro X.M.ning o`zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yuz bergan voqea yuzasidan videoxabar qoldirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1