AsosiyJamiyat

Bevafo erning kirdikorlarini fosh etgan telefon

 

Televizor orqali insonning qay tarafga  harakatlanayotgan manzilini smartfon yordamida kuzatish imkoniyati haqida o`qigandiM. Haqiqattan ham buning imkoniyati bormi?

K. S. e-mail orqali

Ushbu maktubga javob bera turib, ayfon yordamida dugonam bilan sodir bo`lgan voqeani keltirmoqchi edim.

  • Salom, qadrdonim! – deya chaqirganday bo`ldi tanish ovoz. Katta supermarketda bo`lgani uchun bunga e`tibor qilmadim. Faqat orqamdan turtishganidan so`nggina o`girilib qaradim. Qarasam, sobiq sinfdoshim Amina tabassum qilib turardi.
  • Ko`rishmaganimizga ham qancha vaqt o`tibdiya, qara! – dedi u.
  • Men ering bilan horijga ketgansan deb yurgan ekanman, - dedim ishonchsizlik bilan, sababi maktabni tugatgach, Amina horijlikka turmushga chiqib ketgandi.
  • Ha, faqat erim xorijda, men esa ortga qaytdim. Ajrashdik. Juda ko`p ishlar bo`lib o`tdi. Men ikkinchi marotaba turmush qurdim.
  • Dahshat, - unga ichimdan achinish tuydim.

Xullas, yaqin oradagi bir qahvaxonada o`tirib, hammasini batafsil gaplashadigan bo`ldik.

  • Bu safar hammasi haqqoniy bo`ldi, - gap  boshladi dugonam. -  Uni aeroportda ko`rganimdan so`ng u ko`nglimdagi inson ekanligini tushunib etdim. U menga bir ko`rishimda yoqib qoldi. Turmush qurdik. Besh yildan beri birgamiz, qizimiz bor. U juda ko`zga yaqin inson, buning ustiga moddiy ahvoli ham juda yaxshi.
  • To`g`ri. Men ham shuni aytaman-da, masalan kecha erim kelib, baloni teshilganini va uch soat ko`chada qolib ketganini aytdi.
  • Men bunday bahonalarni etti oydan beri eshitaman, va nihoyat tekshirib ko`rishga qaror qildim. Va bilasanmi, yordamga kimni chaqirdim? Ayfonni.
  • Qanday qilib?

Mana qanday quloq sol... Avvaliga sovuqqon bo`lib hech narsaga e`tibor qilmayotganday yurdim: tinchlanib, uni hammaga ketma-ket rashq qilishni to`xtatdim. U butunlay o`zini bo`sh qo`yib, ogohlikni yo`qotganidan so`ng ishga kirishdim.

“Ayfon” ishqibozlari “Nayti moy Ayfon” mobil ilovasi haqida yaxshi bilishadi. Men ham turmush o`rtog`imga bu ilova haqida gapirib berdim. Ushbu ilova orqali yo`qolgan ayfonni topish, masofadan turib  bloklash yoki telefon xotirasidagi  ma`lumotlarni o`chirib tashlash mumkinligini aytdim. Turmush o`rtog`im bu ilovaga juda qiziqib qoldi va uni telefoniga o`rnatdi. Mening ayfonimda esa bu xizmat allaqachon bor edi.

So`ngra uning ayfonini  Apple Id  ro`yhatidan o`tkazdim, yaxshiyamki uning akkauntini bilardim, aks holda hech narsani uddalay olmasdim. Darvoqe, bunday holda Apple ID’ni mustaqil o`zgartirib bo`lmaydi, darhol ma`lum bo`ladi.

Keyingi harakatlarimni turmush o`rtog`im uxlab qolganidan so`ng amalga oshirdim. Avvaliga smarfonda internet, geolokasiyani yoqdim, keyin “Nayti moy Ayfon” xizmatini yoqdim. Bularning hammasi uning telefoni kartada paydo bo`lishi uchun kerak edi. O`zimni sug`urtalab qo`yish uchun esa “cheklov”ga  kirdim va  “Uchetniy zapis”dagi  o`zgartirish imkoniyatini cheklab qo`ydim.

Darvoqe, Ayfonni o`z telefoningdan ham internetdan ham kuzatish mumkin. Endi erim shaharning qaysi burchagida ekanligini aniq bilishim mumkin edi.

Xullas uning aldovini aniqladim, har kuni kechki payt u ofisda emas boshqa erda ekanligini aniqladim,  u joyni topib bordim, shunaqangi janjal bo`ldiki!

- Bilasanmi,- dedi Aminasuhbatini yakunlab, - bu borada omadim keldi albatta, sababi erim u qadar texnikani tushunmasdi, aks holda u o`z telefonida Internetga yo`lni, geolokasiyani yoki shunchaki apparatni o`chirib qo`yganida uni kuzata olmasdim.

Albatta, Dugonam aytgan  usulni qo`llab-quvvatlamayman. Ushbu nuqtai nazarimni tahririyatdagi hamkasblarim ham qo`llab-quvvatlashdi. Oilaviy munosabatlarda eng asosiysi o`zaro ishonch va hurmatdir! Biroq, ushbu usul yo`qolgan telefonni topish, farzandingiz yoki yaqinlaringiz qaerdaligini bilish uchun asqotishini ham unutmaslik kerak.

 

    Boshqa yangiliklar