AOKA shtabiga kelib tushayotgan savollar bo`yicha Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara Urinbaeva javob berdi.
Savol:
Yangi uchastka noziri oziq-ovqat do`konimni ertadan soat 20:00 dan kech qolmay yopasiz, aks holda jarimaga tortaman dedi. Tumanimiz bo`yicha COVID-19 virusi aniqlanmagan. Shu kungacha hech kim bunday ogoxlantirmagandi. Uchastka noziri karantin paytida shunday qilishga haqlimi?
— Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko`ra, oziq-ovqat do`konlari faoliyatlarini olib borishlari mumkin. Lekin karantin holati sababli kechki vaqtda fuqarolarning muayyan bir joyda to`planishini oldini olish uchun tuman hokimiyatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari o`z hududida epidemiyani oldini olish va undan saqlanish bo`yicha ushbu hududda yashovchi fuqarolar uchun majburiy tusga ega bo`lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Karantinda imkon boricha uydan chiqmaslik so`ralmoqda.