AsosiyJamiyat

Beruniy tumanida “Neksiya” va avtobus to`qnashdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor

'Beruniy tumanida “Neksiya” va avtobus to`qnashdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor'ning rasmi

Joriy yilning 7 may kuni soat 20:10 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Beruniy tumanida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda yhxbb.uz xabar berdi.

Hodisa Oltinsoy MFY hududidan o`tgan ichki avtomobil yo`lida 1972 yilda tug`ilgan  M.A. tomonidan sodir etilgan. U “Neksiya” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotib qzygan va qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan. Bu yo`lda qarshisidan kelayotgan 1990 y.t. Sh.N. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli avtobusga kelib urilgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi 48 yoshli M.A. og`ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu avtomashina yo`lovchilari 1976 yilda tug`ilgan M.U., 1976 yilda tug`ilgan R.M. hamda “Isuzu” rusumli avtobus yo`lovchisi 1997 yilda tug`ilgan M.R. tan jarohati olgani tufayli shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Beruniy tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

YTH oqibati albatta nohushlik, yo`qotish bilan tugaydi. Shu bois barcha yo`l harakati ishtirokchilaridan yo`llarda harakatlanganda "Yo`l harakati qoidalari"ga to`liq amal qilish so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar