AsosiyJinoyat

Namanganda tadbirkordan 5 000 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi

'Namanganda tadbirkordan 5 000 AQSh dollari talab qilgan  firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasiga yakka tartibdagi tadbirkor A.X. murojaat qilib, “M.” ismli shaxs Namangan shahar, “Mashad” mavzesidan tadbirkorlik faoliyatibilan shug`ullanishi uchun 0,3 ga er maydoni olib berish masalasini hal qilish evaziga undan 5 000 AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga xabar bermoqda. 

“M.” ismli shaxs A.X.dan  avans tariqasida oldindan 500 AQSh dollari berishini so`rayotganligini bildirib tadbirkor ariza bilan murojaat qilgan. 

Tadbirkorning ushbu murojaatida keltirilgan vajlarni tekshirish maqsadida, Departament xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda,  fuqaro M.Sh. YaTT A.X.dan yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yuqoridagi manzildan 0,3 ga er maydoni ajratib berish evaziga 300 AQSh dollariva 1,9 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar