AsosiyJinoyat

Namangandagi er bilan bog`liq firibgarlikka kadarstr xodimlarining aloqasi yo`q

'Namangandagi er bilan bog`liq firibgarlikka kadarstr xodimlarining aloqasi yo`q'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarda “Namanganda tadbirkordan 
5 000 AQSh dollari talab qilgan firibgar ushlandi”, deya xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov, ma`lum qilishicha, Namangandagi er bilan bog`liq firibgarlikka kadarstr xodimlarining aloqasi yo`q. 

Ta`kidlanishicha Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasiga yakka tartibdagi tadbirkor A.X. murojaat qilgan. U “M.” ismli shaxs Namangan shahar, “Mashad” mavzesidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi uchun 0,3 ga er maydoni olib berish masalasini hal qilish evaziga undan 5 000 AQSh dollari talab qilganini aytgan. Uning aytishicha ushbu firibgar avans tariqasida oldindan 500 AQSh dollari berishini so`rayotgan. Departamentga qo`ng`iroq qilgan fuqaro bu firibgarga nisbatan qonuniy chora ko`rishni talab qilgan. 

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma`lum qilishicha hozirda ushbu firibgarlik yuzasidani surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar