Majburiy ijro byurosining Mirobod tumani bo`limi izmida qarzdor N.A.Muhammedjonovdan undiruvchi G.A.Muhammedjonova foydasiga voyaga etmagan farzandlari ta`minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish yuzasidan tegishli hujjat kelib tushadi.
Qarzdor aliment pullarini o`z vaqtida to`lamaganligi sababli, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilib, jinoyat sudining hukmiga ko`ra, qarzdordan undiruvchi foydasiga 6 mln. 18 ming 686 sum zarar undirish belgilandi.
Sho``ba xodimlarining olib borgan say`i-harakatlari natijasida qarzdor qo`lga olindi. Oqibatda qarzdordan 6 mln. 18 ming 686 so`m zarar pullari undiruvchi foydasiga to`liq qoplanadi.
Eng asosiysi, ramazon oyi va insoniylik tamoyili asosida davlat ijrochisi tomonidan o`tkazilgan huquqiy targ`ibot ishlari natijasida, ushbu oila yarashtirildi. Yurtimizda baxtli oilalar soni ko`paydi.