1

“Telefonimni sindirib tashlagan YPX xodimi zararni qoplab bermayapti?” IIV YHXBB rasmiy munosabat bildirdi

Jamiyat 23.05.2020, 15:06
“Telefonimni sindirib tashlagan YPX xodimi zararni qoplab bermayapti?”   IIV YHXBB rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan video lavhaga “Telefonimni sindirib tashlagan YPX xodimi zararni qoplab bermayapti” sarlavhasi ostida “Joriy yil 27 mart kuni YPX xodimlari telefonimni tortib olib ekranini sindirgan edi. Shu kungacha na telefonimga etkazilgan zarar qoplandi, na ta`mirlatib berildi. Prokuratura va IIBga ariza yozdim, lekin holat bo`yicha javob yo`q, ish yopdi-yopdi bo`lmasa edi...” - deb izoh qoldirilgan. Ushbu voqeaga O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining rasmiy munosabati e`lon qilindi.

Ushbu video lavha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, joriy yil 27 mart kuni Farg`ona  viloyat IIB YHXB YPXB 3-otryad 1-safarbar guruxi komandiri G`.Mardonov va Furqat tumani IIB YHXG inspektori Z.Nurmatovlar Furqat tumani markazida xizmat olib borayotgan vaqtida "Neksiya-3" rusumlm 01 S 029 DB davlat raqam belgili avtomobilni to`xtatib, haydovchidan tegishli hujjatlarini taqdim qilishini so`ragan.

Haydovchi tegishli hujjatlarini taqdim qilmasdan, xodimlarni bodikamerasiz xizmat olib borayotganligiga e`tiroz bildirgan.

Xodimlar va fuqaro o`rtasida o`zaro tortishuv yuzaga kelib, fuqaro shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali holatni video tasvirga olishni boshlagan. Shu vaqtda guruh komandiri G`.Mardonov fuqaroga video tasvirga olishi mumkinligini, lekin, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishga haqqi yo`qligini tushuntirgan. Haydovchi video tasvirga olayotgan vaqtida Z.Nurmatov haydovchini telefoniga zarar etkazgan.

Ushbu holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, bodikamerasiz xizmat olib borib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 975-son qarori talablarini buzgan G`.Mardonov va Z.Nurmatovlarga "Hayfsan" intizomiy jazosi berilgan.

Shuningdek, G`.Mardonovning bildirgisiga asosan to`plangan hujjatlar Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani ma`muriy sudi tomonidan ko`rib chiqilib, fuqaro X.Maxmudovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismiga ko`ra bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Haydovchi X.Maxmudovning qo`l telefoniga etkazilgan zarar bo`yicha qilgan murojaati yuzasidan Furqat tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1