“O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan jurnalistlar “Sport” telekanalidan ishdan bo`shatildi

Jamiyat 25.05.2020, 07:43
“O‘zbekiston 24”ni tanqid qilgan jurnalistlar “Sport” telekanalidan ishdan bo`shatildi

“Oriyat Dono” radiokanalida efirga uzatilgan “Futbol plyus” loyihasi ishtirokchilari Bobur Akmalov, Jamoliddin Bobojonov va Xayrulla Xamidov o`zaro suhbatda “O‘zbekiston 24” telekanali xususida tanqidiy fikr bildirib, kanal tarqatayotgan xabarlar real hayotdan yiroq ekani haqida (“Susambil”da tashkil qilinganmi" deya) mulohaza bildirgan edi. Aynan shu kichik qism internet tarmoqlarida tarqaldi va keng muhokama qilindi.

Shundan so`ng joriy yilning 21 may kuni ushbu holat yuzasidan MTRK rahbari Alisher Xadjaevning mulohazasi e`lon qilindi. Maqolada televidenie rahbari ularni “korporativ etika tushunchasidan yiroq ekanliklarini, sportchilar orasida juda qadrlanadigan jamoaviy birlik qadriyatini umuman tushunmasliklarini” ta`kidlagan.

Shuningdek, A.Xadjaev “bu ikki shaxs o`zlari yashab turgan mamlakatdagi holatni aniq-tiniq bilmasdan, vaziyatga o`zlarining “minora”laridan turib baho berganliklaridir. Kimdir, qaerdadir aytgan fikrga qarab xulosa qilish va bu xulosani axborot vositasi orqali tarqatish – o`zini professional, deb bilgan jurnalistga yarashmaydi”, deb yozadi.

Maqolada so`ngida “Xo`sh, bizning korporasiyamiz (ya`ni kompaniyamiz) korporativ etikani tan olmaydigan, hamkasblarining yuziga oyoq qo`yadigan, siyosiy va madaniy ongi hamda professionalizmi haminqadar bo`lgan bu ikki xodimning xizmatiga muhtojmi?”, deya savol qo`yib, bu savolni “B.Akmalov va J.Babajanovlarning vijdonlariga havola” etgandi.

MTRKdagi manbalarning tasdiqlashicha, “Sport” teleradiokanalida 1-toifali muharrir shtatida ishlab kelgan Bobur Akmalov va “Sport” teleradiokanali bosh rejissyori Jamoliddin Bobojonov bo`shashga ariza yozgan. Bu haqda human.uz yozdi.

“Oriat dono” radiosidagi “Futbol plyus” loyihasi yopilgan haqida ham xabarlar tarqaldi. Radioning yutubdagi sahifasida o`sha kungi soni o`chirib tashlangan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1