2020 yil 25 may soat 16:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 (+9) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlanib, ularning 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib kasallikni yuqtirib olishgan. Qolgan 1 nafari esa Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 2607 (+42) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 569 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.