Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. Unga ko`ra, 2020 yil 5 iyundan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:
* “sariq” hududlarda:
✔️ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);
✔️ uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro`yxatdan o`tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko`rsatish uchun);
✔️ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga;
* “yashil” hududlarda “sariq” hududlarga qo`shimcha ravishda:
✔️ individual shug`ullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga.
Bunda trenajer zallari va basseynlar ob`ektlarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37*S va undan yuqori bo`lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo`lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko`rish, ijtimoiy masofani ta`minlash imkoniyati bo`lmagan jamoaviy sport turlarini o`tkazmaslik talab etiladi;
✔️ madaniyat ob`ektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetisiyalar o`tkazish sharti bilan (30 kishidan ko`p bo`lmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televidenie orqali translyasiya qilish yo`li bilan;
✔️ ta`lim markazlari, to`garaklar (10 kishidan ko`p bo`lmagan gurug` tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga.
Bunda xodimlar va bolalarning sog`lig`i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o`lchab borish), infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan xodimlar va bolalarni mashg`ulotlar chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiena va dezinfeksiya talablariga qat`iy rioya etish talab etiladi.
Boshqa ruxsat etilgan faolyatilar haqida batafsil:
15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi, faqat...
"Yashil" va "sariq" hududlarda bog`chalarni ochishga ruxsat berildi, biroq guruhda bolalar soni cheklanadi.
O`zbekistonda buyum bozorlari qachondan ish boshlashi ma`lum bo`ldi.
15 iyundan hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.