Kosonsoy tuman ma`muriy sudi o`z binosida, ochiq sud majlisida, tuman sudining raisi B.Abdullaevning raisligida karantin qoidasini buzib qimor o`yini tashkil etgan shaxslarga oid ma`muriy ish ko`rildi...
Bahodir ABDULLAEV, Kosonsoy tuman ma`muriy sudi raisi:
- Voqea quyidagicha sodir bo`lgan. Huquqbuzarlar T.U., A.E., Yu.K. Maxsus Komissiya tomonidan belgilangan Karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo`lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzib, 2020 yilning 4 may kuni soat 14:00 larda yashash uyini zaruratsiz tark etgan. Bir guruh bo`lib, Kosonsoy tumani, Shirinbuloq mahallasida joylashgan T.U.ning yashash xonadonida o`yin kartasida pul tikib, qimor o`yinida qonunga xilof ravishda ishtirok etgan.
Tezkor tadbir davomida 175 000 so`m pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, vaqtincha saqlash uchun “Xalq banki” Kosonsoy tuman filialiga topshirilgan.
Sud T.U., A.E., Yu.K.ning harakatlarini MJtKning 191-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlar)dan ushbu moddaning1-qismiga qayta kvalifikasiya qilib, huquqbuzarlarga nisbatan jazo tayinlashda ularning huquqbuzarlik harakatiga to`liq iqrorligi, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymondaligi, muqaddam ma`muriy javobgarlikka tortilmaganligini jazoni engillashtiruvchi holatlar deb baholab, huquqbuzarlik harakatlarini bir guruh bo`lib sodir etganliklarini jazoni og`irlashtiruvchi holat deb topib, qonun sanksiyasi jarima jazosini tayinladi.