Karantinda ishsiz qolib, qahrini ayoliga sochgan er 15 sutkaga qamaldi. Nega?

Jamiyat 07.06.2020, 00:58
Karantinda ishsiz qolib, qahrini ayoliga sochgan er 15 sutkaga qamaldi. Nega?

Ichki ishlar organlariga Shayxontohur tumanida yashovchi M.B. murojaat qilib, uy zo`ravonligiga duch kelganini ma`lum qildi. Uning aytishicha, turmush o`rtog`i E.B. karantinda ishsiz qolib, qahrini ayoli va farzandlariga sochgan.

Mazkur murojaat Shayxontohur tumani IIO FMB 4-son IIB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektor tomonidan o`rganilib, “Taxtapul” mahallasi faollari bilan birgalikda tekshiruv o`tkazildi. Tekshiruv davomida ayol xabar bergan ma`lumotlar tasdiqlandi. E.B. bilan profilaktik suhbat o`tkazildi. Ayolga esa himoya orderi berildi. Tomonlarga ushbu hujjat ayolga qanday huquq berishi, erkakka qanday mas`uliyat yuklatilishi va ayol qayta murojaat qilgan taqdirda, erini nima kutishi tushuntirildi.

Ma`lum vaqt o`tgach, himoya orderiga ega ayol Xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektor mayorga qayta murojaat qildi. Bunga sabab - eri uni yana haqoratlab, jismoniy kuch qo`llagan.

Xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektor va hududiy profilaktika inspektori tezkorlik bilan murojaat bo`yicha chora ko`rishdi. To`plangan ma`lumotlar ma`muriy ishlar bo`yicha sudga topshirildi.

27 may kuni himoya orderi bilan belgilangan cheklovlarni buzganligi uchun Shayxontohur tumani ma`muriy ishlar bo`yicha sudi E.B.ni O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194 moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bo`yicha aybdor deb topdi va unga nisbatan 15 sutkalik ma`muriy qamoq hamda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima belgiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1