1

“Archako`cha”da pichoqlangan yigitlarning biri vafot etdi

Jinoyat 07.06.2020, 14:42
“Archako`cha”da pichoqlangan yigitlarning biri vafot etdi

Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo`lida (eski Archako`cha) bir guruh yigitlar o`rtasida janjal bo`lgani haqida xabar bergan edik. Ushbu hodisada pichoqlangan ikki yigit tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

Ma`lum bo`lishicha pichoqlangan yigitlarning biri vafot etgan. Unga 15 marta pichoq bilan zarba berilgan bo`lgan. Bu haqda Qalampir yozmoqda.

Mazkur hodisa bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Ammo ish tafsilotlari haqida hozircha ma`lumotlar yo`q.

Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo`yicha bergan axborotida janjalning qolgan ishtirokchilarini aniqlash ishlari olib borilayotganini ma`lum qildi. Hodisa boshqarma boshlig`ining shaxsiy nazoratiga olinganligi aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1