24 iyun kuni Moskva shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan 2 jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 75 yilligi sharafiga o`tkazilayotgan harbiy paradda ishtirok etishi kutilayotgan o`nta qirg`iz askarida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.
Kasallanganlar bilan aloqa qilganlarning hammasi kuzatuvga qo`yiladi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, paradda qatnashadiganlar to`liq o`zgartiriladi - Rossiyaga 79 kishidan iborat guruh yuborilishi aytilmoqda.
Bugungi kunda Qirg`izistonda 2166 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, ulardan 1668 kishi tuzalib, 26 nafari vafot etgan.
Shuningdek Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Markaziy Osiyodagi beshala respublika prezidentlari, shu jumladan davlatimiz prezidenti ham 24 iyun kuni bo`lib o`tadigan paradda ishtirok etishlarini tasdiqlagan edi. So`ngra Moldova, Serbiya, Xorvatiya, Abxaziya, Janubiy Osetiya rahbariyatining ham ishtiroki tasdiqlandi.






