1

Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborgan ayolga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 13.06.2020, 16:49
Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborgan ayolga sud hukmi o`qildi

Avvalroq 2020 yil yanvar oyida Samarqandda ijro harakatlarini amalga oshirayotgan MIB xodimlariga qarshilik qilgan ayol Dilorom Roziqova ularni yoqib yuborgani xabar qilingandi. Xabarga ko`ra, Roziqova Samarqand shahar sudining 2019 yil 12 sentyabrdagi ijro hujjatiga asosan Samarqand shahri, Navoiy shoh ko`chasi, 49-uy, 16-xonadondan chiqarilishi kerak bo`lgan. Ammo u uy-joydan chiqishdan qat`iy bosh tortgan va uyiga kelgan MIB xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko`rsatgan, hatto, ularning ustiga benzin yoqilg`isini sepib, qo`lida yonib turgan sochiqni ularni ustiga qasddan uloqtirib yuborgan.

Shundan so`ng, Roziqova Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) 2-qismi bilan ayblangan va 23 yanvardan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Biroq Oliy sud Rayosatining 2020 yil 20 martdagi “O`zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha to`xtatildi. Shu sababli ushbu jinoyat ishini ko`rish noma`lum muddatga qoldirilgan edi.

Oliy sud matbuot xizmati xabar qilishicha, 2020 yil 11 iyun kuni jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida sudlanuvchi Dilorom Roziqova (1978 yilda tug`ilgan) ga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi.

Sud hukmiga ko`ra, D. Roziqova O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o`tash uchun 1 yil 7 oy 9 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1