Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev rahbarligida yangi o`quv yili qabul jarayonini tashkil etish bilan bog`liq masalalarga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tmoqda. Brifingda ishtirok etayotgan "Darakchi" nashri muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar qilishicha, tadbirda abiturientlarni imtihonlarga kirish jarayonida tekshirish masalasiga ham to`xtanildi.
"Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan kelishuv qilyapmiz. Baribir tekshiramiz. Boshqa iloj yo`q. Telefonni olib kirib kirayotgan abiturientni aniqlovchi mexanizm yaratiladi. Telefon olib kirmoqchi bo`lganlarga kerak bo`lsa, bu yil ham, keyingi yil ham imtihonga kirmaydigan qilamiz", - Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaevning so`zlarini keltirmoqda muxbir.
Mavzuga doir: Joriy yilda qaysi toifadagi abiturientlar uchun alohida grant asosida kvota ajratilgani ma`lum bo`ldi
Bu yil OTMga kirish imtihonlari qaysi sanada boshlanishi aniq bo`ldi.
Magistraturaga qabul bo`yicha hujjat topshirish shartlari va imtihon kunlari ma`lum qilindi.






