Minneapolisda polisiya tomonidan o`ldirilgan Jorj Floydning qizi Disney kompaniyasining ulushiga egalik qiladi, deya yozdi O`zreport.
Mashhur qo`shiqchi va aktrisa Barbara Streyzand marhumning qiziga kompaniya aksiyalarini sovg`a sifatida taqdim etdi.
Olti yoshli Djianna Disneyning aksiyadoriga aylandi va maxsus guvohnoma bilan ijtimoiy tarmoqqa o`z suratini va minnatdorchilik so`zlarini joyladi.
Ikki marta Oskarni qo`lga kiritgan 78 yoshli Streyzand qizchaga o`zining 2ta albomini ham sovg`a qildi.
Valt Disney kompaniyasi dunyodagi eng yirik media konglomeratlardan biridir. 2019 yil oxirida uning bozor bahosi 240 milliard dollarni tashkil etdi. 1923 yilda aka-uka Ualter va Roy tomonidan kichik animasiya studiyasi sifatida tashkil etilgan kompaniya bugungi kunda kino va animasiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi.






