1

Nursulton Nazarboevda koronavirus simptomsiz kechayotgani aytildi

Dunyo 20.06.2020, 21:08
Nursulton Nazarboevda koronavirus simptomsiz kechayotgani aytildi

Qozog`istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevda koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilingandi.

"Tengrinews" Prezident matbuot kotibi so`zlariga tayanib yozishicha, hozirda Nazarboevning ahvoli yaxshi, isitmasi yo`q. Koronavirusga xos simptomlar sezilmayapti. Shifokorlar doimiy nazorat qilib bormoqda. Ular esa xavotirga o`rin yo`qligini aytishmoqda.

Eslatib o`tamiz, Qozog`istonning Birinchi prezidentidan tashqari, mamlakat Bosh vazirining o`rinbosari Erali Tugjanov, Parlament Majlisi Raisi Nurlan Nigmatulin va sog`liqni saqlash vaziri Eljan Birtanovda koronavirus aniqlangani ma`lum qilingandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1