26 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 14:09 Afg`oniston hududida (Toshkentdan 479 km uzoqlikda) Rixter shkalasi bo`yicha 7,5 balli zilzila yuz berdi. “Toshkent” Markaziy seysmostansiya ma`lumotlariga ko`ra, zilzila epimarkazi Hindukush tog`larida bo`lgan. 5 balli silkinishlar Toshkent va Samarqandda yuz berdi. Termiz va Denovda 6-balli silkinishlarni, Qarshida 5,5 ballni sezishdi. Eng kuchsiz zilzila Farg`ona vodiysida yuz berdi. Andijon va Namanganda zilzila kuchi 4 ballni tashkil qildi.
Seysmik faollik hududida yashovchi bizlar uchun zilzila noyob narsa emas, ammo har gal, bu tabiiy hodisa ro`y berganida biz juda qo`rqamiz: «Bu safar qanchalik kuchli zilzila sodir bo`larkin?». Bizning mamlakatimizda ushbu tabiiy ofatni o`rganish bo`yicha juda jiddiy ishlar olib borilmoqda. Biz “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi va FA seysmologiya institutida bo`lib, bunga ishonch hosil qildik.
…Tinch va sovuq laboratoriya devorlarda – uchta katta plazma panellari osilgan bo`lib, unda Markaziy Osiyo seysmik hududining aksi tushirilgan. Mening suxbatdoshlarim – laboratoriya rahbari Turdali Ortiqov hamda O`zFA Seysmologiya instituti axborot-tahlil xizmati etakchi mutaxassisisi Lutfulla Yo`ldoshev bu sirli va xatarli tabiat hodisasi borasidagi ko`p yillik kuzatishlari bilan o`rtoqlashishdi.
T. O.: Bugungi kunda biz mintaqamizdagi seysmik holatni monitoring qilishning yangi texnologik tizimini yaratish ustida ishlayapmiz. 2011 yilda Seysmologik monitoring tizimini rivojlantirish davlat dasturi doirasida seysmiy ma`lumotlarni qayta ishlash dasturiy ta`minotiga ega bo`lgan yangi qurilmalar o`rnatildi.
O`sha paytdan boshlab, bizning stansiyamiz xalqaro seymik stansiyalar tarmog`iga qo`shildi va butunu dunyo bo`yicha zilzilalar haqidagi ma`lumotlarni aniq vaqt rejimida qabul qilib, jo`nata boshladi.
Mana, - ekranda ham ko`rishingiz mumkin – nafaqat yurtimizdagi, balki yaqin va olis xorij mamlakatlaridagi barcha seysmik stansiyalardan ma`lumotlar kelib turibdi. 26 oktyabr zilzilasidan bir kun o`tgan bo`lsa-da, Er qobig`ida asta-sekin zaiflashib borayotgan silkinishlarni – aftershoklarni ko`rishimiz mumkin.
L. Y.: Bu interfaol elektron xarita yordamida biz zilzila sodir bo`lishi bilan 3-4 daqiqa ichida uning o`chog`ini va mamlakatimiz hududidagi intensivligini aniqlashimiz mumkin.
BALLAR QANDAY HISOBLANADI?
- Toshkentda 5 balli er silkinishi kuzatildi va bu juda shiddatli bo`ldi. Ayting-chi, necha ballgacha bo`lgan silkinishlarni xavfsiz deb hisoblash mumkin?
T. A.: Eng avvalo, zilzila magnitudasi va uning er sathidagi ta`sirchanligini MSK makroseysmik shkalalari bilan o`lchanadigan ballarni farqlash joiz. Magnituda – zilzilaning energetik jihatlarini o`zida ifodalaydi. Uning kuchi zilzila o`chog`ida 9 balli Rixter shkalasida o`lchanadi.
Silkinishning intensivligi (12 balli MSK shkalasi bo`yicha) u sodir bo`lgan hududlarda yuz bergan vayronagarchilik, ko`rilgan zararlar miqdoriga qarab belgilanadi. Masalan, Toshkent hududida biror inshoot joylashgan grunt sharoitlariga qarab, silkinishlar turli intensivlik bo`yicha seziladi. 6 ballgacha bo`lgan intensivlik darajasidagi silkinishlar jiddiy xavf tug`dirmasligi mumkin, lekin 7-8 balli silkinishlar ma`lum darajadagi talofatlarga sabab bo`lishi mumkin.
- Zilzilani oldindan bilish mumkinmi?
T. O.: bu masala ustida dunyo olimdlar anchadan beri bosh qotirishmoqda va ma`lum yutuqlar qo`lga kiritigan. Darvoqe, bu masalani hal etishda o`zbek olimlarining ham hissasi katta bo`ldi. Bizning yurtimizda birinchi bo`lib, dunyo seysmolgik amaliyotida kuchli zilzilalar yuz berishi oldidan erosti suvlarining kimyoviy tarkibida muayyan o`zgarishlar yuz berishi (129-raqamli kashfiyot), shuningdek bir qancha zilzilaning boshlang`ich alomatlari aniqlandi. Seysmologiya institutimiz olimlari jamoasi mintaqamizdagi bir qancha zilzilalarni oldindan aytib bera olishdi.
Talofatlarning oldini olish uchun
- Keyingi yillarda O`zbekistonda ko`p zilzila sodir bo`ldimi?
T. A.: So`nggi 60 yil ichida O`zbekiston va unga chegaradosh hududlarda 40 ga yaqin kuchli er silkinishlari kuzatildi. 1966 yildagi Toshkent zilzilasini hamma bilsa kerak. 1976 va 1984 yillarda Gazlida Rixter shkalasi bo`yicha 7, intensivlik darajasi bo`yicha 9-10 darajali er silkinishi kuzatildi.1980 yilda Nazarbek qo`rg`onida 7-8 balli zilzila yuz berdi. 2013 yilning 24 may kuniToshkent dengizi yaqinidagi Tuyabo`g`iz poselkasida, oradan ikki kun o`tib, Jizzax va Samarqand viloyatlari oralig`idagi Marjonbuloq qishlog`i hududida 6,2 ball magnitudali er silkinishi yuz erdi. Xayriyatki aholi orasida qurbonlar bo`lmadi. Biz zilzila hududiga borib, tadqiqotlar olib bordik, binolarning holati bilan tanishdik, odamlardan so`rab surishtirdik.
- Talafotlar nimadan bo`ladi? Ularni qanday chetlab o`tish mumkin?
L. Y.: Avvalo binolarni hududning seymik holatidan kelib chiqib qurish kerak. Bu holat asosan xususiy sektorga tegishli. Tuman hokimliklarida qurilish bo`limlari bor. Ular aynan shunday masalalar bilan shug`ullanishadi: bino quriladigan joyning zilzilabardoshligini o`lchashadi, qaerlarda qurilishi qilish mumkinligini maslahat berishadi. Tegishli ruxsatsiz qurilish ishlarini olib borganlar jarimaga tortiladi. Seysmologiya institutida keyingi yillarda xususiy qurilish tashkilotlari va aholiga zilzilabaordosh ularni qurish bo`yicha juda ko`p tegishli tavsiyalar berdik. Ko`pincha ko`pqavatli binolarda yashovchilar o`zlaria uy planini o`zgartirib, qo`shincha eshik dereza ochishadi, devorlarni buzishadi. Uyning tayanch devorlariga darz ketishi zilzila paytida xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin.
- O`zbekistonning qaysi hududlari seysmik jihatdan xavfli sanaladi?
T. A.: Institutimizning olimlar jamoasi mamlakatimizdagi bir qator seysmik faol hududlarni aniqlashgan. Masalan Farg`ona vodiysi nisbatan seysmik faol hududlardan sanaladi. Chunki bu erda tektonik harakat er sathining yuqori qatlamlarida ro`y beradi. Masalan 1902 yilda Andijonda er sathining qbyuoir qismida 6,4 ball magnitudali er qimirlashi kuzatilgan va shahar deyarli vayronaga aylangan. Zalzilaning intensivligi darajasi 9 balldan ko`proqn tashkil etgan.
MUHIMI. VAHIMAGA TUShMANG!
-Zilziladan himoyalanishning qanday qonun-qoidalari bor?
T. A.: bu borada ko`pchilikning xabari bo`lsa kerak: eng avvalo vahimaga tushmaslik kerak va zinapoyalardan qochmaslik kerak. Chunki zinapoyalar binoning eng nozik qismi bo`lib, birinchi navbatda vayronaga aylanadi. Eng ma`quli eshik ostonasida turish kerak. Shunda turli bino qismlari qulab tushishidan himoyalanasiz. Yoki stol ostida kirib olish, agar atrofda pana qiladigan buyum bo`lmasa, polga yotib, boshni to`sib olish kerak. Chunki, zilzila paytidagi eng xavfli jarohatlardan biri bosh sohasidagi jarohat sanaladi. Vahima insonning eng katta dushmani. 1966 yilgi zilzilada bizning tumanimizda yarim kechasa ko`chaga chiqqan odamlar ikki kishining ikkinchi qavatdan o`zini pastga otganini ko`rishgan. Natijada ularning biri oyog`ini, ikkinchisi qo`lini sindirgan. Juda ko`p jarohatlar va fojialar aynan vahima sabali kelib chiqadi.
- Hayvonlar zilzilani oldindan bilishi rostmi?
T. A.: Ashxobod zilzilasi yuz berishidan avval ayrim cho`ponlar er yuzasida bezovta o`rmalab yurgan ko`plab ilonlarni ko`rishgan. Hayvonlar o`z instinkti darajasiga ko`ra tabiiy ofat yaqinlashinini sezishi mumkin. Ammo, afsuski. Toshkentda yuz bergan er silkinishlari arafasida itlar ustida o`tkazgan tajribalarimiz kutilgan natijani bermadi
-Er yuzida umuman er qimirlamaydigan hududlar ham bormi?
T. A.: Ha, bu Antarktida. Chunki u erda er qatlami shakllanmagan. Materik endi shakllanib boryapti. Eng faol seysmik hududlar esa kontinental plitalar ustida joylashgan.
FAKT
Qayd etish joizki, “Toshkent” seysmik stnsiyasi sayyoramizdagi eng ko`hna stansiyalardan biri bo`lib, u 1901 yil 13 mayda tashkil topgan.
Seysmologiya instituti esa, Markaziy osiyoda birinchi bo`lib, 1966 yilda ochilgan. Hozir uning tarkibiga 48 ta seysmik stansiya va 9 ta prognoz stansiyasi ishlab turibdi. Ularda 280 dan ortiq mutaxassis ish olib boradi.
Olga FOZILOVA tayyorladi