Toshkent viloyati Ohangaron shahrida 316,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan spirtli ichimliklar do‘koni aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tekshiruv davomida “B.S.” MCHJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo do‘konida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulanib, jami 316,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.