AsosiyDunyo

Yaman Isroilga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi

Isroil Yamanning hujumi oqibatida yetkazilgan zarar hamda qurbonlar bor yoki yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni ochiqlamagan.

'Yaman Isroilga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi'ning rasmi

Yaman Qurolli kuchlari rasmiy vakili Yahyo Sari Yaman harbiylari Isroil tomonidan bosib olingan hududlarni ballistik va gipertovushli raketalar bilan nishonga olganini aytdi. Bu haqda “Mehr News” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha,, Yaman harbiylari dushman nishonlari tomon ikkita ballistik raketa uchirilishi bilan bog‘liq maxsus operatsiyani amalga oshirgan.

Birinchi raketa "Falastin-2" gipertovushli raketasi bo‘lib, sharqiy Ashdod viloyatidagi Sdot-Mixa aviabazasini nishonga olgan. Ikkinchisi, "Zolfaqar" raketasi Ben Gurion aeroportida, bosib olingan Yafa hududida uchirilgan.

Bundan tashqari, bosib olingan Ashkelon shahridagi strategik obyekt ham dron zarbasiga uchrab, yo‘q qilingan.

Sariyning ta’kidlashicha, Yaman qurolli kuchlari raketalar va dronlardan foydalanish orqali dushman bazalari va harbiy inshootlariga jiddiy zarar yetkazgan.

Hozircha Isroil manbalari hujumlar oqibatida qurbonlar va zararlar haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

    Boshqa yangiliklar