Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shaharda yashovchi fuqaro Q.Z avtoturargohda Milliy gvardiya (Qo‘riqlash bo‘limi) organiga tegishli bo‘lgan kiyim-boshda, yo‘lovchilar bilan turli xil mavzularda gaplashib, Milliy gvardiya organi sha’niga putur yetkazuvchi hatti-harakatlar sodir etgani aks etgan videolar tarqadi.
Viloyat Milliy Gvardiya boshqarmasi fuqaro Z.Q. Marg‘ilon shahar Tibbiyot birlashmasi Ruhiy-asab kasalliklar bo‘limida 1992 yildan buyon nazoratda turishini, umrbod 2-guruh nogironi ekanligi aniqlangan hamda unda bo‘lgan kiyim-boshlar olib qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan kelgusida fuqarolar tomonidan bu kabi soxta "forma" kiyish oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib boriladi.