AsosiySPORT

Ronaldu yana sovrinsiz qoldi — OChL-2 finalida eng past bahoni oldi

Saudiyaning Al Nassr FC klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasi-2 finalida Sofascore talqiniga ko‘ra maydondagi eng yomon o‘yinchi deb topildi.

'Ronaldu yana sovrinsiz qoldi — OChL-2 finalida eng past bahoni oldi'ning rasmi

Ar-Riyoddagi “Kingdom Arena”da bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bahsda “Al Nassr” Yaponiyaning Gamba Osaka jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Portugaliyalik futbolchi 5,9 ball bilan asosiy tarkibdagi va zahiradan tushgan umumiy 32 futbolchi orasida eng past reytingni qayd etdi. 

Mag‘lubiyat Ronaldu uchun Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan beri yana bir omadsiz finalga aylandi — u hozirgacha 14 ta musobaqada chempionlikni qo‘lga kirita olmadi.

    Boshqa yangiliklar