Prezident Shavkat Mirziyoevning Namangan viloyatiga qilgan 2 kunlik tashrifi doirasida 28 iyun kuni bo`lib o`tgan Xalqaro press-klubning sayyor sessiyasida aynan shu savol ham o`rtaga tashlandi.
Namangan viloyati hokimining birinchi o`rinbosari Tolib Yusupov Namangan viloyatidagi kambag`allik darajasining ahvoli bo`yicha quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi:
"Namangan viloyatida 24 ming oila “temir daftar”ga kiritilgan.110 ming xonadon bor. Shulardan 39 mingtasi ishga yaroqli deb tanlab olingan. Hozirgi kungacha 18 mingtasi ish bilan ta`minlangan. Joriy yil oktyabr oyigacha qolgan qismi ham ish bilan ta`minlanadi. Tarmoq yo`nalishlar bo`yicha barcha amalga oshiriladigan ishlar rejasi ishlab chiqilib, joriy qilinmoqda".
Shuningdek, Namangan xalqining puli nima uchun ko`pligi va nega ular pullarini uylarda saqlashlariga izoh berildi.
"Namangan shahri aholisi tadbirkorlikni uydan boshlaydi. Har bir xonadonning uyida tomorqasi, chorvasi bor, kunlik hunarmandchilik ishi bor. Shuning uchun uyda saqlashsalar kerak. Prezidentimizning siyosati tufayli so`nggi 3 yil ichida viloyatda tadbirkorlik yanada rivojlandi. Kecha davlat rahbari tomonidan zargarlik hunarmandchilik yo`nalishini rivojlantirish taklif qilindi. 80 ta sulolaviy zargar ustalar yig`ilgan zargarlik Markazini tashkil qilish rejalashtirilgan", - dedi Tolib Yusupov.
Bu savolga javoban "Nuran uz" MChJ ta`sischilaridan biri Nurali Abdullaev ham pulni qanday saqlashini aytib o`tdi:
"Iqtisodchi bo`lganim ko`p hollarda foyda beryapti. Men o`zim pulni uyda saqlamayman. Uni investisiyaga yo`naltiraman. "pul-mahsulot-pul" iqtisodiy tamoyili asosida ish yuritaman."
Mavzuga oid:
Hokimlar seshanbadan shanbagacha xalq ichida yuradi
“Tila tilagingni.”: Uchqo`rg`on “kamalak” balig`i ertak emas
40 yillik tashlandiq er 3 oyda serhosil maydonga aylandi
Chortoqliklar uchun “mumkin emas” degan iborani qo`llash mumkin emas






