"Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan va Toshkentdagi adolatsizliklar..." Shavkat Mirziyoev mas`ullarga qat`iy vazifa qo`ydi

Jamiyat 30.06.2020, 22:40
"Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan va Toshkentdagi adolatsizliklar..." Shavkat Mirziyoev mas`ullarga qat`iy vazifa qo`ydi

Avval xabar qilganimizdek, bugun,  30 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida odil sudlovni ta`minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. 

Yig`ilishda ma`lum qilinishicha, o`tgan o`n besh kun davomida Norboeva va Ismoilov boshchiligida parlament a`zolari joylarga chiqib, ochiq muloqot o`tkazdilar. 

Mahalliy kengashlarda huquq-tartibot idoralari faoliyatidagi adolatsizliklar va xalqimiz norozi bo`layotgan holatlarni jamoatchilik va soha vakillari bilan atroflicha muhokama qildilar.

Muloqotlar chog`ida jamoatchilik Andijonda jinoyatlarni hisobga qo`yishda, Buxoro va Navoiyda mulkiy huquqlarini himoya qilishda, Namanganda sud qarorlarini ijro etishda, Toshkent viloyatida investorlar huquqlarini himoya qilishdagi adolatsizliklarni ochiq-oydin aytishgan.

Mazkur o`rganishlar natijasiga ko`ra Prezident mas`ullarga qat`iy vazifa qo`ydi:

"Bundan buyon Parlamentimiz deputat va senatorlari o`zlari saylangan hududlarda sudyalar korpusi, sektor rahbarlari va jamoatchilikńi jalb qilgan holda Odil sudlovga ko`maklashish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha doimiy muloqotlarni muntazam o`tkazib boradilar.

Norboeva, Ismoilov muloqotlarda aholi va jamoatchilik ko`targan adolatsizliklar 
va muammolarni har chorakda mahalliy kengashlarda tanqidiy muhokama qilishi, mutasaddilar oldiga aniq savollarni qo`yishi va mas`uliyatiga baho berib borishi ma`qul bo`ladi.

Parlamentdagi maxsus qo`mitalar  har bir hududning odil sudlov va korrupsiya masalalariga oid reytingi yuritilishiga bosh-qosh bo`lib, har yarim yilda natijalari bo`yicha parlament eshituvlari va tekshiruvlarini o`tkazib boradi. 

Inson huquqlari markazi, Ombudsman , Yuridik universitetibilan birga ikki hafta muddatda “Inson qadr-qimmati eng oliy qadriyat” maxsus o`quv modulini ishlab chiqib, grafik asosida barcha huquq-tartibot idoralari rahbar xodimlarini o`qitishni tashkil qilsin.

Bobojonov, Sobirov joriy yil yakuniga qadar ichki ishlar idoralari ma`muriy binolari, jazoni ijro etish joylariga o`rnatilgan barcha kuzatuv kameralariniIchki ishlar vazirligi markaziy apparatiga ulanishini ta`minlasin", — ta`kidladi davlat rahbari.

Mavzuga doir:

"Nega prokurorlar, ichki ishlar rahbarlari biz aybdormiz, deb chiqmadi?" Prezident Andijon va Chiroqchidagi voqealarga to`xtaldi.

Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1