Avval xabar qilganimizdek, kecha, 30 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida odil sudlovni ta`minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.
Yig`ilishda davlat rahbari hozirgi tergov sifati va xodimlar malakasi talabga mutlaqo javob bermasligini keskin tanqid qildi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yil 5 oyida tergov organlari asossiz ayb qo`ygan 323 nafar shaxs sudlar tomonidan oqlangan, 1 ming 854 nafar shaxsga nisbatan qo`yilgan asossiz ayblovlar olib tashlangan.
O`tgan yilning o`zida 236 nafar oqlangan shaxsga davlat hisobidan 6,7 milliard so`mlikmoddiy va ma`naviy zarar to`lab berilgan.
"Sudyalik lavozimini egallash uchun muayyan ish stajiga ega bo`lish, Sudyalar oliy maktabini o`qib tugatish kabi talablar qo`yish orqali tanlovni kuchaytirdik. Endi tergovchilikka nomzodlarga ham shunday talablarni qo`yish kerak.
Yo`ldoshev, Azizov, Bobojonov, Kamilov, Xolmaxmatov, Saidov bir oy muddatda:
Tergov institutini tashkil etish;
tergovchilik kasbini egallashga mutlaqo yangi talablarni ishlab chiqish;
sohaga ilg`or tajriba va standartlarni joriy etish bo`yicha qaror loyihasini kiritsin.
Pirovardida yangi tergov maktabi va metodologiyasini yaratishkerak. Tergov idoralari nechanchi yildagi uslublar bilan ishlayapti? Qanday texnologiyadan foydalanayapti? Shiddatli rivojlanish jarayonlariga ularni qanday tayyorlayapmiz, degan murakkab savollarga javob topish lozim", — ta`kidladi Prezident.
Mavzuga doir:
Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi.






