Xalqaro press-klub ayni damla onlayn tarzida 30 may kuni Andijonda tergov uchun binoga olib kirib ketilgan fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklanib, o`ldirilganiga voqeasi yuzasidan brifing bo`lib o`tmoqda.
Tadbirda Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda Inson huquqlari Milliy markazi vakillari qatnashmoqda.
Mavzu yuzasidan IIV axborot xizmati rahbari Shoxrux G`iesov:
"Andijonda bo`lgan holat yuzasidan har bir aybdor javobgarlikka tortiladi va tizimimizni shaffoflashtiramiz. Holat yuzasidan barchadan uzr so`raymiz"Andijonda bo`lgan holat yuzasidan har bir aybdor javobgarlikka tortiladi va tizimimizni shaffoflashtiramiz.
30 may kuni Andijonda sodir bo`lgan hodisa bizning kamchiliklarimiz to`g`risida eslatib turadi. Hozirgi vaqtda rahbarga ko`plab talablar qo`yilmoqda. Shu sababli joriy yilning o`zida tizimimizda faoliyat yuritayotgan, o`z faoliyatini to`g`ri yo`lga qo`ya olmagan 8 nafar rahbarni butunlay ishdan bo`shatdik. 46 nafarini esa past lavozimlarga tushirdik.
Andijonda bo`lgan holat yuzasidan har bir aybdor javobgarlikka tortiladi va tizimimizni shaffoflashtiramiz. Holat yuzasidan barchadan uzr so`raymiz.