1

32-o`lim. Bir necha kasalliklari bor 71 yoshli toshkentlik onaxon koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 05.07.2020, 14:02
32-o`lim. Bir necha kasalliklari bor 71 yoshli toshkentlik onaxon koronavirusdan vafot etdi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, bugun, 5 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga chalingan Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida yashovchi 71 yoshli onaxon M.G. o`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.  

Ma`lumot berilishicha, onaxon joriy yil 30 iyun kuni koronavirus aniqlanganligi sababli Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  Unga “Yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya og`ir kechishi, o`tkir nafas etishmovchiligi” tashxisi qo`yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. So`nggi bir oy ichida esa rejali gemodializ muolajalarini olishni boshlagan.

"Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan maslahatlar, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemedisina orqali konsiliumlar o`tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir yurak-qon tomir va o`pka etishmovchiligidan vafot etdi", deyiladi SSV xabarida.

Eslatib o`tamiz, kechva, 4 iyul kuni ikki bemorning koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berildi. Biri 65 yoshli toshkentlik erkak (30-o`lim), ikkinchisi 35 yoshli buxorolik ayol (31-o`lim). 

Shu vaqtga qadar ushbu kasallikdan Buxoro, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 2 nafardan, Namangan viloyatida 4 nafar, Qashqaaryo hamda Farg`ona viloyatlarida 1 nafardan, Toshkent shahrida esa 17 nafar bemor vafot etdi. Endilikda poytaxtda vafot etganlar 18 nafarga etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1