AsosiyJamiyat

Surxondaryoda “jihodchilar” oqimining 15 nafar yashirin a`zosi qo`lga olindi

'Surxondaryoda “jihodchilar” oqimining 15 nafar yashirin a`zosi qo`lga olindi'ning rasmi

Joriy yilning iyun oyida DXX va IIV xodimlari tomonidan Boysun tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda “jihodchilar” oqimining 15 nafar mahalliy yoshlardan iborat yashirin guruhi faoliyatiga chek qo`yildi.

Aniqlanishicha, guruhni tashkil etgan shaxs Rossiya Federasiyasida mavsumiy ishlashi davomida ekstremistik va terroristik tashkilotlar tarafdorlari ta`siriga tushgan va ularning buzg`unchi g`oyalarini qo`llab-quvvatlagan.

1986–2002 yillar oralig`ida tug`ilgan guruh a`zolari mehnat migranti sifatida Rossiya Federasiyasida ishlagan vaqtida o`zaro yig`inlar o`tkazishgan va ekstremistlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lgan «Abu Saloh», «Abdulloh Zufar», «Sodiq Samarqandiy»larning audio va video murojaatlarini tinglab, xayrixohlik bildirishgan.

Shuningdek, Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga borib qo`shilish masalalarini muhokama qilishgan.

Turli muddatlarda, ketma-ket O`zbekistonga qaytib kelganlaridan keyin ham ular o`zlarining noqonuniy faoliyatlarini davom ettirishgan.

 

Mavzuga doir:

DXX Toshkent shahrida terroristik tashkilotning yashirin guruhi faoliyatiga chek qo`ydi

O`zbekistonda 2 ta yashirin "jihodchilar" guruhi faoliyatiga chek qo`yildi

Toshkentda Suriyaga jihodga ketishni rejalashtirgan 11 kishi qo`lga olindi

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xalqaro terrorchilik tashkiloti a`zolari aniqlanib, qo`lga olindi

Andijonda «Jihodchilar» ekstremistik oqimining bir guruh a`zolari qo`lga olindi

Boysunda "jihodchilar" qo`lga olindi

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar