AsosiyJamiyat

O`zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi 2019 yilda 15 million tonnaga etkaziladi

Toshkentda “Sement sanoati va bozori” XIII xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda. 

Unda O`zbekiston, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlardan soha rahbarlari va etakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Mazkur konferensiya poytaxtimizda oltincha marta o`tkazilmoqda. 

Konferensiyada ayni paytda O`zbekistonda yiliga 8,6 million tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega 8 sement zavodi faoliyat ko`rsatayotgani ta`kidlandi. Joriy yilning 10 oyida 6,6 million tonnadan ortiq sement tayyorlangan. 

Konferensiyada O`zbekistonda sement ishlab chiqarish hajmi yiliga o`rtacha 3,5 foizga oshirilib, 2019 yilda bu ko`rsatkich yiliga 15 million tonnaga etkazilishi kutilayotgani alohida ta`kidlandi. Bunday parametrlar Prezidentimiz Islom Karimovning 2015 yil 4 martdagi farmoniga binoan tasdiqlangan 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o`zgartirish, modernizasiya va diversifikasiya qilishni ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan. 

    Boshqa yangiliklar