Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi 40 yoshli mutaxassisi vafot etdi. Bu haqda qo`mita Matbuot xizmati xabar berdi va ta`ziya bildirdi.
Sanjar Hoshimovich Abduqodirov – 1980 yilda Namangan shahrida tavallud topgan. Namangan muhandislik iqtisodiyoti instituti va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini bitirgan. “O`zLiDep” partiyasi a`zosi bo`lgan.
Bildirilishicha, uzoq yillar davomida Qimmatli qog`ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, Davlat mulki qo`mitasi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasida foaliyat olib borgan.
Ayni kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Qonun hujjatlarini va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta`sirini baholash boshqarmasi boshlig`i lavozimida mehnat qilib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda va Qalampir saytida Sanjar Abduqodirov koronavirus infeksiyasidan vafot etgani haqida yozishyapti. Ammo qo`mita o`lim sababi haqida ma`lumot bermagan.






