AsosiyJamiyat

Toshkentda 55 yoshli bemor o`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi

'Toshkentda 55 yoshli bemor o`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lum qilishicha Yunusobod tumanida yashagan 55 yoshli fuqaro A.X. (erkak) koronavirus og`ir kechishi oqibatida vafot etdi. 

Unda 5 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga “COVID-19” infeksiyasining o`ta og`ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas etishmovchiligi, o`tkir yurak qon-tomir etishmovchiligi, markaziy nerv sistemasi intoksikasiyasi kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bo`lgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o`tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

So`nggi kunlarda hamroh kasalliklar fonida kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli keskin og`irlashib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida amalga oshirilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan, u o`tkir yurak qon-tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi. 

    Boshqa yangiliklar