AsosiyJamiyat

Chiroqchida kuydirgi kasalligi qo`zg`atuvchisi aniqlanmadi

'Chiroqchida kuydirgi kasalligi qo`zg`atuvchisi aniqlanmadi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan “Chiroqchida kuydirgi kasalligi tarqalgani rostmi?” materiali bo`yicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasi o`zining rasmiy munosabatini bildirdi. 

Keltirilishicha, viloyat ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qishloq xo`jaligi hayvonlari orasida kuydirgi kasalligi tarqalganligi o`rganib chiqilgan. Unga ko`ra, tumandagi barcha toifadagi xo`jaliklarda 200 ming boshdan ziyod yirik shoxli, 605 ming boshga yaqin mayda shoxli mollar va 15 ming boshga yaqin boshqa tur hayvonlar mavjud bo`lib, 2020 yilning o`tgan davrida chorva mollarining 650 ming boshdan ziyodi kuydirgi kasalligiga qarshi profilaktik emlangan va emlash ishlari hali davom ettirilmoqda.

Kasallik kuzatilgan deyilgan “Chiyali” MFYning Chuvulloq va To`qmor qishloqlari ham atroflicha o`rganilgan. Xususan, kasallikka gumon qilingan Chuvulloq qishlog`ida yashovchi bemor S. Sh. (erkak)xonadonini o`rganilganda, fuqaroning chorva mollari joriy yilning fevral oyida  kuydirgi kasalligiga qarshi emlangan. Ushbu qishloqda paravarishlanayotgan  635 bosh qoramol, 1000 boshga yaqin qo`y-echkilar va boshqa tur hayvonlar ishchi guruh tomonidan klinik ko`rikdan o`tkazilganda ularda kasallik alomatlari kuzatilmagan. Kuydirgiga chalingani gumon qilingan To`qmor qishlog`ilik bemorlar M.X (ayol) va Z. T. (erkak)lar xonadonidaparvarishlanayogan chorva mollari va uy hayvonlari ham shu yilning fevral oyida  kuydirgi kasalligiga qarshi profilatik  emlanganligi ma`lum bo`lgan. 

Yana bir holat, shu qishloqda yashovchi K. Q (erkak) o`ziga tegishli bo`lgan mol kasallanganda veterinariya vrachiga murojaat qilmasdan 25 iyun kuni so`ygan. Ushbu hayvonda kuydirgi kasalligini aniqlash uchun tuproq namunalari olinib, Viloyat  hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining tegishli bo`limida bakteriologik va biologik  usullar asosida tekshirilganda kuydirgi kasalligi qo`zg`atuvchisi aniqlanmadi. 

Xullas, taqdim etilgan ma`lumotlarda keltirilishicha, Chiroqchi tumanida kuydirgi kasalligiga gumon qilingan holatlar o`z tasdig`ini topmagan. Hududda chorva mollarining yuqumli kasalliklari bo`yicha sog`lom muhit saqlanib kelinayotgani aytilmoqda. Biz ham kuydirgi kabi o`ta xavfli yuqumli kasalliklar bo`yicha epizootik barqarorlikni ta`minlanishi va to`liq nazoratga olinishi tarafdorimiz.

    Boshqa yangiliklar