"Uzbekistan Airways" AJ 2020 yil 13 iyuldan 1 avgustgacha barcha ichki qatnovlarning bekor qilinishini e`lon qildi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ axborot xizmati ma`lumot berdi.
Ushbu majburiy choralar aholi orasida "COVID19" koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin cheklovlari va jamoat transportida harakatlanishni taqiqlash natijasidir.
Aviakompaniya vaziyatni to`g`ri tushunishingizni so`raydi, shuningdek, bekor qilingan qatnovlar uchun olingan chiptalarni qatnovlar tiklanganidan keyingi istalgan sanaga qayta bronlash imkoniyati haqida yana bir bor xabardor qiladi. Keyingi o`zgarishlar to`g`risida muntazam ma`lumotlar berib boriladi.






