Bugun AOKA huzuridagi shtabda navbatdagi brifing o`tkazildi. Unda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Feruza Hamroboeva bugundan e`tiboran koronavirus alomatlari sezilgan bemorlar test tahlili natijalarisiz ham tibbiyot muassasalariga joylashtirilishi mumkinligini ma`lum qildi. ️Ya`ni, endi bemor murojaat qilganda, uni klinikaga yotqizish uchun test natijasi bo`lishi shart emas.






