Bugun AOKA huzuridagi shtabda navbatdagi brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Feruza Hamroboeva muhim savollarga javob berib o`tgani haqida xabar bergan edik.
Savol:
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalinganlar Xren o`simligidan foydalanib, sog`aygani haqida video murojaatlar ko`payib ketdi. Bu qanchalik ilmiy asosga ega va mazkur o`simlik koronavirus infeksiyasidan xalos bo`lishda yordam beradimi?
– Xren o`simligi tarkibida ko`plab vitaminlar, jumladan, A , E, V guruh vitaminlari mavjud bo`lib, aminokislotalar va minerallarga boy. U koronavirus infeksiyasida asosiy dori vositalari bilan bir qatorda ishlatilishi mumkin, ammo monoterapiya sifatida yordam bermaydi.






