13-18 iyul kunlari onlayn (masofaviy) tarzda o`tkazilgan 54-Xalqaro Mendeleev olimpiadasida o`zbekistonlik 4 nafar o`quvchi ishtirok etib, umujamoa hisobida bronza medalini qo`lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur olimpiada dunyoning 27 mamlakati jamoalari masofadan ishtirok etdi. O`zbekiston sharafini himoya qilgan Mirumid Mirakbarov (Toshkent shahri) oltin medalini, Firdavs Sobirov (Buxoro viloyati), Dilshodaxon Isaeva (Toshkent shahri), Akobir Narzullaev (Buxoro viloyati)lar bronza medallarini qo`lga kiritishdi.
Joriy yilda o`quvchilar kimyoviy tajribalarisiz faqat ikkita nazariy bosqichdan o`tdi.
Olimpiada Toshkentdagi Prezident maktabida sanitariya gigiena hamda karantin qoidalariga qat`iy rioya etilgan olda tashkil etildi.
54-Mendeleev olimpiadasi joriy yilning aprel oyida Budapeshtda o`tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo koronavirus pandemiyasi tufayli rejalarni o`zgartirishga to`g`ri keldi. Vengriya tomoni bilan oldindan kelishuvga binoan navbatdagi 55-olimpiada 2021 yil bahorida Budapeshtda bo`lib o`tadi.
Joriy yilning 25 iyul kuni O`zbekiston terma jamoasi 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida qatnashishi rejalashtirilgan.






