AsosiyJamiyat

Hujjatlar qabuliga 2 kun qoldi. Hali pasport ololmagan abiturientlar nima qiladi?

'Hujjatlar qabuliga 2 kun qoldi. Hali pasport ololmagan abiturientlar nima qiladi?'ning rasmi

Pasport yoshiga etmagan, pasport olishga ulgurmagan hamda pasportini yaqinda olgan, ammo abiturient sifatida ro`yxatdan o`ta olmayotgan abiturientlar qanday yo`l tutishi kerakligi haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ma`lum qildi.  

"2020/2021 o`quv yili uchun respublika oliy ta`lim muassasalariga kirishda fuqarolik pasporti olish yoshiga etmagan, fuqarolik pasporti olish yoshiga etgan, ammo pasport olishga ulgurmagan abiturientlar yashash joylariga yaqin bo`lgan oliy ta`lim muassasalariga ro`yxatdan o`tish uchun murojaat qilganda ichki ishlar bo`limlari tomonidan berilgan 09-ShAKL MA`LUMOTNOMA bo`lishi shart", deyiladi vazirlik e`lonida. 

Fuqarolik pasportini yaqinda olgan, ammo Davlat test markazining dasturidan abiturient sifatida ro`yxatdan o`ta olmayotgan fuqarolar esa mazkur fuqarolik pasportlari bilan yashash joylariga yaqin bo`lgan OTMlariga murojaat qilishlari so`raladi. 

Eslatib o`tamiz, kecha, 18 iyul soat 18:00 holatiga ko`ra, respublikamizda jami  1 262 551 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 498 377 nafar) abiturient ro`yxatdan o`tdi. 

Abiturientlarni ro`yxatdan o`tkazish joriy yilning 20 iyuliga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar